Poytaximizda o‘tayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan “Mueller&Schindler” nashriyotining vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm O‘zA muxbiriga intervyu berdi:
– Avvalambor, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan madaniy meros haftaligiga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Mazkur haftalik mamlakat madaniyati, san’ati va tarixini butun dunyoga keng namoyish etishga xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonning bugungi siyosati nafaqat madaniy merosni asrash, targ‘ib qilishga, balki iqtisodiy rivojlanish, huquqiy islohotlar ko‘lamini kengaytirishga asosiy e’tiborini qaratadi.
O‘zbekiston barqaror rivojlanish davrini bosib o‘tmoqda. Bundan 8 yil oldin, 2015 yil diyoringizga tashrif buyurganman, bugun oradan yillar o‘tgach, yana poytaxtga keldim. Shahardagi o‘zgarishlar kishini hayratlantiradi. Ishonchim komil, yaqin kelajakda mamlakatingiz madaniy ko‘rgazmalari, biznes yo‘lidagi qadamlari va boshqa ko‘plab sohalarda aqlbovar qilmaydigan darajada taraqqiy etadi.
Mazkur anjuman xususida to‘xtalsam, Yangi O‘zbekiston madaniy meros haftaligiga katta tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turibdi, ushbu anjuman muvaffaqiyatli, taassurotlarga boy o‘tadi. O‘zbekiston so‘nggi paytlarda madaniy meros yo‘nalishida xalqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilish, dunyoning turli hududlarida qator ko‘rgazmalari bilan ishtirok etish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi.
Bundan tashqari, madaniyat va turizm sohasiga ixtisoslashgan vazirlik va idoralari davlatda ro‘y berayotgan Uchinchi Renessans davrida jahonning yirik madaniy-ma’rifiy tashkilotlari bilan muhim loyihalar ustida ishlayotganini e’tirof etgan bo‘lardim.
“O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusida xalqaro konferensiyada nutq so‘zlash imkoniga ega bo‘ldim. Chiqishim chog‘ida san’at va adabiyot olamidagi muhim voqeliklar, jumladan, XV asrlarda Samarqanddagi tarixiy va yirik Ulug‘bek kutubxonasi haqida alohida e’tibor qaratardim.
O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.