FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Bog‘dagul Yesemuratova qo‘li gul chevar. U o‘z hunari ortidan oilada ham, jamiyatda ham o‘rnini topgan ayollardan. Bog‘dagulning milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirib tikkan liboslari, quroq ko‘rpacha va yostiqlarning bozori chaqqon.
Tajribali hunarmand davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib, kichik tikuvchilik korxonasini ochgan. Ayni vaqtda bu yerda 10 nafardan ortiq xotin-qiz ish bilan band. Shu yerning o‘zida ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini xaridorlarga sotish uchun savdo do‘koni ham ishlab turibdi. Korxonada buyurtmalarning keti uzilmaydi.
– Ayol uchun oilasi tinch, ro‘zg‘ori but, farzandlari salomat bo‘lsa, bas, – deydi Bog‘dagul Yesemuratova. – Shu bilan birga o‘zi sevgan ishi, el ichida obro‘si bo‘lsa, baxt ustiga baxtdir. Bugun men ana shunday baxtli ayollar qatorida ekanimdan quvonaman. Bularning bariga momomeros hunarni o‘rganib erishdim, deb o‘ylayman. Hunar insonning ziynati, baxt kalitidir.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA