Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Haj – 2023” mavsumini yakunlagan ziyoratchilar joriy yilning 4-22 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.
Qayd etilishicha, bugun, 4 iyul kuni birinchi guruh ziyoratchilarimiz yurtimizga qaytib kelmoqda.
Hojilar poytaxtimizdagi “Novza” masjididan tartibli ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatilgan edi. Aynan shu masjidda ularni kutib olish jarayonlari tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, yurtdoshlarimiz joriy yil 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA