Bugun ba’zi hududlarda ma’lum bir nuqtada o‘tirib ishlashga idorasi yo‘q bo‘lgan ayrim boshqaruv kompaniyalarining a’zolik badalini undirishga urinayotganliklari tushunarsiz.
Sababi, bugun aholiga hududlarda boshqaruv kompaniyasi o‘zi nima ekanligi, uning vazifalari haqida yetarlicha ma’lumot berilmayapti, targ‘ibot ishlari ko‘ngildagidek olib borilmayapti. Hech bo‘lmaganda bu yuzasidan aholining o‘zi ham qiziqmaydi. Natijada, a’zolik badalini so‘rab kelgan boshqaruv kompaniyalari vakillari hamda ko‘pkvartirali xonadonlarda yashovchi fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Aslida ham o‘ylab ko‘ring, hisobini aynan qaysi tashkilot o‘z nazoratiga olayotganini bilmay turib, yig‘ilayotgan badal to‘lovlarining maqsadli sarflanyaptimi yo‘qmi, buni kuzatib turishning imkoni bo‘lmasa, nimaga ishonib a’zolik badalini to‘lash mumkin?
Kamiga, aholi boshqaruv kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar sifatidan norozi bo‘lsa-chi? Shunda ham a’zolik badalini to‘lash nechog‘lik o‘rinli?
Bu yuzasidan videoda batafsil
M.Eshmirzayeva,
I.Ismatov, O‘zA