JamiyatTanlash

Ro‘yxatdan o‘ting
07:02 / 28.06.2023

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani “Gujimli” mahalla fuqarolar yig‘inda 4 ming 600 nafardan ortiq aholi yashaydi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

O‘tgan 2022 yil mahallada 2,1 kilometr uzunlikdagi elektr energiya tarmog‘i yangilandi, 3,5 kilometr tabiiy gaz quvuri ta’mirlandi, 10 kilometrli suv tarmog‘i tortildi, 3,5 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarga qum va shag‘al aralashmasi yotqizildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida 52 nafar ishsiz fuqaroga tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun  bank tomonidan 1 milliard 526 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi. Natijada, mahalla hududida 13 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘rni tashkil qilinib, jami 30 nafarga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi.

2022 yil tuman hokimligi va homiy tashkilotlar yordami bilan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hamda zamonaviy futbol va sport maydonchalari bunyod etildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 55 nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilishi uchun 16 dona tikuv mashinasi, 12 dona elektropech, 27 nafar fuqaroga turli ish qurollari, asbob-uskunalar topshirildi. Mahalla hududida joylashgan “Bio ilm laboratoriyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga esa 2 sotix maydonda issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit olishda yordam ko‘rsatildi.

– Laboratoriyamiz tumandagi dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida oltinko‘z, brakon, trixogramma kabi biomahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, – deydi “Bio ilm laboratoriyasi” rahbari R. Jondavlatov. – Hokim yordamchisi ko‘magi bilan biolaboratoriya qoshida issiqxona tashkil etdik. Hozirda bu yerda pishib yetilgan bodring va pomidor mahalliy bozorga yetkazib berilmoqda.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA