Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan “Yelorda kubogi”da navbatdagi kun ham yakunlandi.
Bugungi bahslarda 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.
Musobaqaning 51 kg vaznida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Asilbek Jalilov mezonlar vakili Damir Abdikadir ustidan zafar quchgan bo‘lsa, vazni 71 kilogrammgacha bo‘lgan bokschimiz Havasbek Asadullayev turkmanistonlik Bayramurdi Nurmuhammedovga imkoniyat qoldirmadi.
Shuningdek, vazni 92 kgdan yuqori bo‘lgan charm qo‘lqop ustamiz Jahongir Zokirov qozog‘istonlik Nurbolat Sermaxanovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Afsuski, o‘z vazn toifalarida Sanjar Vahobov, Shahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhitdinov, Shahboz Yunusaliyev musobaqadagi ishtirokini erta yakunlandi.
Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri