Turkiya xalqaro noqonuniy migratsiya va ehtimoliy gumanitar fojiaga qarshi muntazam kurash olib bormoqda. Xususan, Egey va O‘rta yer dengizida yuzaga kelgan vaziyatdan aziyat chekayotgan insonlarga uzluksiz yordam ko‘rsatmoqda.
OAV yozishicha, keyingi payt Turkiyaning Chanoq qal’a va Izmir qirg‘og‘i yaqinidagi suvli hududiga kirib kelgan rezina qayiqlardagi yuzlab odamlar hayoti saqlab qolingan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi Sohil xavfsizligi qo‘mondonligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, faqat o‘tgan hafta Egey dengizida 400 nafardan ziyod noqonuniy migrant qutqarilgan. 1 yanvar-31 may oralig‘ida Gretsiya tomondan qaytgan 8678 noqonuniy muhojir quruqlikka chiqarilgan.
O‘zA