Bu haqdagi qaror kuni kecha Xalqaro futbol federatsiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida e’lon qilindi.
FIFA prezidenti Janni Infantino futbol va futzal bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatlari mezbonlarini aniqlash marosimida ishtirok etib, O‘zbekistonni futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati mezboni sifatida tanlangani bilan qutladi.
FIFAning kengash yig‘ilishida, shuningdek 2025 yilda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi talqindagi ilk turniri AQSHda o‘tkazilishi tasdiqlandi. Unda 32 ta futbol klubi qatnashishi belgilangan.
Aytish lozimki, mamlakatimiz FIFA tasarrufidagi jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qilayotgani o‘ziga xos voqea bo‘lishi bilan birga, O‘zbekiston futboli yangi rivojlanish bosqichiga chiqayotganining yorqin ifodasi hamdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-6 may kunlari FIFA rahbari Janni Infantino rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan edi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA