“Biz agar Rossiya yoki Belarus Ukrainaning qarshi hujumini to‘xtatish maqsadida yadro qurilmasini portlatsa, bu harakatni NATOga qarshi hujum, deb baholash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilamiz”, – dedi respublikachilar vakili Lindsi Grem matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilinadigan hujjat RF rahbariyati uchun yadro qurolidan foydalanish NATO bilan urushga olib kelishi mumkinligi haqidagi signal bo‘ladi.
Grem senator-demokrat Richard Blyumental bilan birga taqdim etgan mazkur rezolyutsiya kongressning ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan.
Rezolyutsiya qabul qilingani bilan hukumat hujjatni bajarishi majburiy hisoblanmaydi, chunki bu atigi tavsiya, deyiladi xabarda.