Radioelektron vositalardan foydalanish jarayonini soddalashtirish maqsadida loyihalash bo‘yicha ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinmoqda.

Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqi berilmoqda.

Olis va chekka hududlarda mobil aloqa hamda mobil internet qamrovi yanada kengaytiriladi.

Bu Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunda o‘z ifodasini topmoqda.

Bundan tashqari, ma’muriy islohotlar natijasida qayta tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlarining nomlari aniqlashtirilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun radiochastota spektridan yanada samarali foydalanilishiga, telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishiga, shuningdek aholining yanada sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA