Qandli diabet yildan yilga yosharib bormoqda. Bu dardga chalinganlar orasida yosh bolalar, hatto chaqaloqlar ham borligi havotirli holat.
Mutaxassislarning bu tashvishida asos bor. Chunki hayotining ilk yillaridayoq farzandining bunday hastalikka chalinishini hech bir ota-ona xayoliga keltirmaydi. Ammo tibbiy xulosalar buning aksini isbotlamoqda.
Organizmda insulin yetishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar namoyon bo‘ladi.
Farzandida shu kabi alomatlarni kuzatgan ota-onalarning ko‘pchiligi diabet haqida o‘ylashmaydi. Oilaviy shifokorga murojaat qilishganda ham, agar bola organizmidagi qand miqdori o‘lchanmasa, bu kasallik haqida xulosa qilish qiyin bo‘ladi.
Oqibatda bemor birlamchi tibbiyot muassasasidan endokrinolog qabuliga yetib kelguniga qadar ko‘p vaqt yo‘qotiladi. Shu tufayli uning ahvoli o‘ta og‘ir darajaga yetib borishini ham kuzatish mumkin.
Keling yaxshisi batafsil ma’lumotni mutaxassisdan eshitsak.
Batafsil:
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov, A.Sodiqov O‘zA