Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida “Dirijyor, rejissyor, baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Mazkur ijodiy loyiha opera va balet san’atini yanada yuksaltirish, iqtidorli dirijyor, rejissyor va baletmeysterlarni kashf etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda tanlovni yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish, ularning ijodini keng targ‘ib etish, opera va balet sohasida izlanayotgan yoshlarning imkoniyatlari va mahoratlarini oshirish maqsadida har yili iyun oyida o‘tkazish belgilangan.
Tanlov ikki guruhda o‘tkazilib, uning g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
1 – guruhda:
1- o‘rin Dilmurod Tojiboyevga 12 million so‘m;
2- o‘rin Abdumajid Qoraboyevga 9 million so‘m;
3- o‘rin Suxrob Rajabovga 6 million so‘m berildi.
Rag‘batlantiruvchi diplomlarga Nursulu Kamolova, Zamira Qayumova munosib topildi.
2-guruhda:
1-o‘rin Gulayim Bekmuratovaga 12 million so‘m;
2-o‘rin Sardor Sadinovga 9 million so‘m;
3-o‘rin Sherxan Abdullayevga 3 million so‘m berildi.
3-o‘rin Sitora Turopova 3 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi.
N.Usmonova,
O‘zA