Afg‘oniston yana terrorizm tarqaladigan markazga aylanmoqda. Rossiya va Xitoy doimiy vakolatxonalari tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasini amalga oshirishga bag‘ishlangan anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Vladimir Voronkov shunday bayonot berdi.
– Ushbu tadbir vaqtida o‘tkazilyapti, – dedi u. – Ayniqsa, “Tolibon” harakatiga qarshi sanksiyani tahliliy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish guruhining 14-ma’ruzasida keltirilgan xulosalar asnosida. Juda chuqur va mazmunli ushbu hujjat “Aslida, Afg‘oniston asta-sekin yana terrorizm tarqalishining deyarli asosiy, balki, asosiy epimarkaziga aylanib borayotgani”dan dalolat beradi. Balandparvoz bayonotlar qilingani, va’dalar berilganiga qaramay, faktlar aksini ko‘rsatib turibdi.
Afg‘oniston hukumati terror tahdidini jilovlashga qodir emasligi yoki buni xohlamasligi fakt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi qo‘shni Afg‘onistondagi guruhlar tufayli terror tahdidi kuchayishi oqibatida murakkab geosiyosiy voqelik bilan ro‘baro‘ kelishda davom etmoqda.
“Ushbu mo‘rt davlatda gumanitar inqiroz va inson huquqi jiddiy buzilishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Bu holat terrorizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash, shuningdek, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha jamoaviy hamda doimiy sa’y-harakatni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zA