Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.

Har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Ya’ni davlat ham, fuqaro ham o‘ziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.

Masalan, davlat fuqarolar uchun xavfsizlik, farovonlik, tinchlik va yaxshi hayot kechirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega bo‘lsa, fuqarolar qonunlarga bo‘ysunish, burch va majburiyatlarni bajarish kabi mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Yangi Konstitutsiyada ushbu prinsiplar alohida belgilandi. Bunda asosiy urg‘u insonning huquq va erkinliklariga qaratilmoqda, shu jumladan, qonunlar insonlar og‘irini yengil qilib, turmush tarzini yaxshi kechishini ta’minlanishi lozim. Bu nima degani?

Ushbu norma haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.

Batafsil:

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA