“Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimidagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilishi belgilandi.
Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq, vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari buyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
O‘zA