Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 19-majlisida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vakillari qonun ustuvorligi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Tadbir doirasida narkotrafik va  terrorizmga qarshi kurashish, chegaralarni boshqarish, bojxona tizimini rivojlantirish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va  istiqbollari ham muhokama qilindi.

 

O‘zA