22 iyun kuni Qozog‘iston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtincha yopiladi, faqat Temir yo‘ldagi o‘tish nuqtalari doimiy tartibda ishlaydi, deya xabar berdi “Kazinform”.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bunga Xitoyda nishonlanadigan Ajdaho qayiqlari festivali sabab ekanini izohlagan.

– 22 iyun kuni ikki mamlakat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan odamlar, transport vositalari, yuk va tovarlar o‘tkazilmaydi, – deyiladi axborotda.