FOTOREPORTAJ

Nukus tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakunlangan 2022/2023 o‘quv yilida tuman bo‘yicha umumta’lim maktablarini jami 571 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, shundan 16 nafari oltin medalga va 4 nafari kumush medalga munosib, deb topildi. Bundan tashqari, qator bitiruvchilar muddatidan oldin oliy ta’lim dargohlari talabasi bo‘ldi.

O‘z bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar hamda ularning ota-onalariga tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Tadbir doirasida shuningdek, “Zamonaviy maktab” darajasiga munosib, deb topilgan tumandagi bir nechta umumta’lim maktabi jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlangan maxsus sertifikatlar topshirildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA