Bojxona institutida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) “Afg‘onistondan kelayotgan transchegaraviy muammolarni hal qilishda O‘zbekistonning salohiyatini oshirish” loyihasi doirasidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand modda, qurol-aslaha, o‘q dori, portlovchi modda, odam savdosi, shuningdek, terrorchilar va boshqa jinoiy elementlarning transchegaraviy harakati bilan bog‘liq jiddiy transmilliy tahdidlar mavjud.
O‘quv dasturi O‘zbekiston aeroportlari va boshqa chegara punktlarida xizmat olib boruvchi chegara va bojxona xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xizmat faoliyati davomida uchraydigan verbal va noverbal xatti-harakatlarni o‘rgangan holda tahdid va xatarlarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini takomillashtirishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, treninglar davomida barcha ko‘nikmalar to‘plamidan foydalangan holda ularni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash yuzasidan guruhlararo mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA