O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush sharoitini targ‘ib qilishga bo‘lgan e’tibor yuqori. Shunday oliy g‘oyani ilgari surish mamlakatimiz turizm salohiyatini namoyish etishga xizmat qilishi tabiiy.
Bunga kuni kecha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Zaamin Ultra 2023” xalqaro ultramarafoni misol bo‘ladi.
“Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumini ochib bergan mazkur musobaqa oldidan Jizzah viloyatidagi Zomin milliy tabiat bog‘ida ishtirokchi va tomoshabinlar uchun konsert dasturi namoyish etildi
Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida zamonaviy elektron musiqaga nisbatan turfa nuqtai nazarlarni ifodalovchi san’atkorlar turdi go‘shalardan kelgan fuqarolar ko‘nglini xushnud etdi.
“Qaraqoom” guruhi tomonidan namoyish qilingan shou kechki Zominning bezagiga aylandi, deyish mumkin.
Yana bir qiziqarli chiqish “Yo’ldosh” jamoasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular allaqachon “Samarkand Marathon”, “Bukhara Night Race” va “Zaamin Ultra” ishtirokchilari uchun tanish. Namoyish davomida guruh a’zolari badiiy to‘plamlarida san’atkor indy-dance ohangiga beixtiyor ko‘chib o‘tadigan qadimgi diskoga alohida murojjat qildilar.
O‘zAni kuzatib boring, ultramarafon haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA