Madina shahridagi Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti tibbiyot markazi mutaxassislari aeroportga qo‘ngach, yuragi 8 daqiqa davomida to‘xtab qolgan indoneziyalik ayolning hayotini saqlab qoldi.

“Arab news” nashri yozishicha, ahvoli barqarorlashgandan so‘ng ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu markaz joriy yil Haj mavsumi boshidan buyon aeroport ichidagi asosiy nuqta va vaqtincha sog‘lomlashtirish bo‘limlari orqali 90 ming 104 nafar ziyoratchini qabul qildi. Shu vaqt ichida 87 ming 857 kishi profilaktika xizmatidan foydalandi, 2 ming 218 bemor davolandi. Ularning 29 nafari shifoxonaga yo‘llandi.