Ertaga, 20 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi “CAFA Nationʼs Cup” xalqaro turnirining finalida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu turnirning 3-o‘rin uchun bo‘ladigan bahsida O‘mon-Qirg‘iziston jamoalari kuch sinashadi.
“CAFA Nationʼs Cup” final o‘yinda futbolchilarimiz oq, darvozabonimiz qora libosda maydonda harakatlanadi.
Bugun, 19 iyun kuni Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi esa Xitoyda mezbonlarga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uch kun avval bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda Timur Kapadze bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi xitoyliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA