Futbol bo‘yicha Millatlar ligasi musobaqasida Ispaniya terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa finalida Ispaniya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. 120 daqiqa davom etgan o‘yinda hisob ochilmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga yo‘l oldi. Unda ispanlar raqiblarini 5:4 hisobida mag‘lub etib, Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Shuningdek, UEFA Millatlar ligasining 3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan Niderlandiya va Italiya bahsi 2:3 hisobida yakunlandi. Mazkur g‘alaba italiyaliklarga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA