Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “CAFA Nations Cup“ turniri ikkinchi turida Turkmanistonga qarshi o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga oldi. Bu bilan Eldor Shomurodov terma jamoa safidagi gollari sonini 36 taga yetkazib oldi va “oq bo‘rilar” libosida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, iste’dodli hujumchimiz Eldor Shomurodovga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko‘p golni Maksim Shatskix kiritgan edi. Maksim terma jamoadagi faoliyati davomida 34 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA