Mamlakatimiz sambochilari Qozon shahrida 15-21 iyun kunlari o‘tkaziladigan “Dinamo sport o‘yinlari”da ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Dinamo” sport jamiyatining tashkil topganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan mazkur sport o‘yinlari 11 sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Sambo bellashuvlarida yurtimiz sharafini Asadbek Obidov, Azam Rashidov, Dilshod Yo‘ldoshev, Sarbon Ernazarov, Elyor Hojimamatov, Ixtiyor Eshmurodov, Nurbek To‘rayev singari bir qator mahoratli sportchilar himoya qiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA