Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha U-20, U-23 yosh toifalari va kattalar o‘rtasida yakuniga yetgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 9 ta medalga ega bo‘ldi. Ushbu natija O‘zbekiston terma jamoasining 27 davlat orasida 3-o‘rinni egallashini ta’minladi.

Mamlakatimiz velosportchilari Parij-2024 Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi yo‘nalishlarda shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsada, qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga erishdi.

Murosasiz bahslarda sportchilarimizdan Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova Asal Rizayeva, Begzod Rahimboyev terma jamoamizning g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etishiga munosib hissa qo‘shdi.

Qit’a chempionatida e’tiborli yutuqqa erishgan terma jamoamiz a’zolari endi Malayziyada o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA