Isroilning “Rafael” mudofaa kompaniyasi giper tovushli raketani ushlab qoladigan tizim yaratila boshlaganini e’lon qildi. “Calcalist” nashri yozishicha, kompaniya rahbariyati ishlanma bo‘yicha harakat jadallashgani, natija keng jamoatchilikka taqdim etilishini va’da qilgan.
Mas’ullar hozircha “Sky Sonic” deb nomlangan loyihani hayotga joriy qilinishi aniq muddatini oshkor etmayapti, biroq mudofaa konserni muhandislari bir necha yildan buyon ushbu ilg‘or tizim ustida ish davom etayotganini ma’lum qilgan.
Kompaniya rahbari Yuval Shteynits ta’kidlashicha, tizimni yaratishga “Rafael” ixtiyoridagi noyob texnologiya asos bo‘ladi. Mazkur konsern dunyoda o‘xshashi yo‘q “Temir qalpoq” raketa hujumiga qarshi kurash tizimi bilan mashhur.