Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari joriy yil 32 kishini terrorga xos jinoyat sodir etganlikda gumonlab ushlagan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Axborotda, jumladan, shunday deyiladi:

– 2023 yil boshidan buyon Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining aksil terror bo‘linmalari tomonidan 31 nafar qozog‘istonlik va bir xorijlik fuqaro qo‘lga olingan. Sud idoralari shu davr mobaynida 10 kishini terror jinoyatida ayblab, turli muddatga ozodlikdan mahrum etgan.