Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Indoneziya vitse-prezidenti Ma’ruf Amin boshchiligidagi delegatsiya 14 iyun kuni Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, vitse-prezident bugun va ertaga Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.

G‘.Hasanov, O‘zA