FOTOREPORTAJ
“CAFA Nation’s Cup” turniri guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Turkmaniston-O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchilarimiz yorqin o‘yin namoyish etib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz o‘yinida o‘zgarish bo‘ldi. 52-daqiqada Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi gol ham yana o‘sha Eldor nomiga qayd etildi. Mahoratli hujumchimiz 86-daqiqada o‘z nomini ikkinchi bor tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, vakillarimiz guruhdagi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA