Bu haqda Bank-moliya akademiyasi rahbariyatining hamda Frankfurt moliya va menejment maktabi Xalqaro konsalting xizmatlari direktori Fatma Dirkes bilan onlayn uchrashuvida ma’lum qilindi.
Muloqot davomida akademiya rektori Elmurod Hoshimov muasassa faoliyati va xalqaro hamkorlik rejasi xususida ma’lumot berdi. Ayni jarayonda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturi ko‘lamini kengaytirish, malakali pedagoglar tarkibini shakllantirish orqali O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislar tayyorlash maqsadi ko‘zlanganini ta’kidladi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, akademiyaga akkreditatsiya bo‘yicha konsultatsiya berish, professor- o‘qituvchilar uchun Frankfurtda “yashil” moliyalashtirish, raqamli transformatsiya kabi dolzarb mavzularda yozgi maktab tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqishdi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining Frankfurt moliya va menejment maktabi masofaviy o‘quv dasturlaridan foydalanishi imkoniyati ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘zaro anglashuv memorandumi orqali mustahkamlab qo‘yishga qaror qilindi.
O‘zA