Biznes-ombudsman devoni xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida bo‘lib, tadbirkorlarning muammolarini o‘rganmoqda.
Ta’kidlanganidek, qonunga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’siri samaradorligini baholash Biznes-ombudsmanning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Uchrashuvlarda mazkur tumandagi baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi “Boyovul mahsulotlari” xususiy korxonasi hamda bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi “Sardorbek” ko‘p tarmoqli xususiy firmasi oldida turgan muammolar tinglandi. Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA