Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 3 iyundagi tegishli qaroriga asosan, to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilish va almashtirib berish davom ettiriladi.
O‘zA