2022 yil yer yuzida qochqinlar 20 million ko‘paydi, deb xabar berdi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi matbuot xizmati.
Tuzilma ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil mojaro, taqiq, zo‘ravonlik va inson huquqi buzilishi tufayli 108,4 million kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichning ketma-ket oltinchi marta ko‘tarilib, ayni payt eng yuqori darajaga chiqishidir.
Joriy yil oxiriga kelib, dunyo bo‘ylab qochqinlar soni 110 million kishiga yetishi mumkin.
Ushbu ko‘rsatkich keskin oshishiga Ukraina atrofidagi ziddiyat va boshqa harbiy inqirozlar sabab bo‘lgan. 2021 yil oxirida 27 ming 300 ukrainalik qochoq ro‘yxatga olingan, 2022 yil oxirida ular 5,7 millionga yetgan. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin kuzatilgan eng tez emigratsiya to‘lqinidir.
Bundan tashqari ko‘chmanchilar ko‘payishiga Afg‘oniston va Sudandagi voqealar ham “salmoqli hissa qo‘shgan”.
Darvoqe, eng boy davlatlar tomonidan qochqinlar ko‘p qabul qilinmayapti. BMT qayd etishicha, majburiy migrantlarning beshdan bir qismi 46 ta kam rivojlangan mamlakatlarga o‘tgan.
Hisobotda 2022 yil 339 mingdan ziyod qochqin o‘z vataniga qaytgan. 38 ta shunday davlat ichida Janubiy Sudan, Suriya, Kamerun, Kot-d’Ivuar bor.
Efiopiya, Myanma, Suriya, Mozambik va Kongo Demokratik Respublikasidagi ichki ko‘chmanchilardan 5,7 millioni ham uyiga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Abror XON, O‘zA