Kanada tabiiy zaxiralar federal agentligi yong‘in sur’ati mamlakatning ko‘plab hududlarida sentyabr oyi oxirigacha me’yordan yuqori bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Kvebek jamoatchilik xavfsizligi vaziri Fransua Bonnardel markaziy va shimoli-g‘arbiy hududlarda vaziyat murakkabligicha qolayotgani, yong‘in o‘chiruvchilar shimoli-sharqiy muzofotlarda ofatga qarshi samarali kurash olib borayotganini ma’lum qildi.  

– Kvebek tarixida ilk bor mahalliy hokimiyat va o‘t o‘chiruvchilar birgalikda yong‘in o‘chog‘iga qarshi kurashmoqda, ko‘plab odamlarni xavfsiz joyga o‘tkazmoqda, – qo‘shimcha qildi mulozim. Ko‘chirilganlar soni, taxminan, 14 ming atrofida ekani aytilgan.

Iqlim o‘zgarishi Shimoliy qutbga yaqin mintaqalar, jumladan, Kanadada  ham salbiy oqibat namoyon qilmoqda. Natijada yirik o‘rmon yong‘inlari kuzatilyapti. AQSHning ko‘pgina shtatlarida havo tarkibi keskin buzilgan.