2023 yil Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida ommaviy otishmalar soni bo‘yicha rekord qayd etildi, deb yozdi Vestminster universiteti lektori Ross Bennett-Kuk o‘zining “The Conversation” tarmog‘i orqali e’lon qilgan maqolasida.

“Ayrim sharhlovchilar 2026 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan ishqibozlar Amerikada o‘q otar qurol bilan amalga oshiriladigan zo‘ravonlikdan xavotir olishi kerakmi, deb savol berishadi”, — deydi u.

Olim ta’kidlashicha, Urugvay o‘z fuqarolariga AQSHning ayrim, masalan Detroyt va Baltimor shaharlariga, iloji bo‘lsa, bormaslikni tavsiya qilgan. Kanada hukumati esa AQSHga safar qilishdan oldin, faol o‘q otar aslahalaridan qanday himoyalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib olishni maslahat bermoqda.

– Hech bir rivojlangan mamlakatda Amerikadagi kabi ko‘p otishma yuz bermaydi. Ma’lumotga ko‘ra, butun dunyodagi mavjud 857 million dona fuqaro qurolining 393 millioni amerikaliklar qo‘lida, bu sayyoramizdagi  jami fuqaro qurollarining 46 foizi, degani, – ta’kidlaydi Ross Bennett-Kuk.