Yevropa Ittifoqi rahbarining Braziliyaga tashrifi tafsiloti ochiqlandi

Yevropa Ittifoqi Lotin Amerikasi mamlakatlariga, birinchi navbatda, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, “yashil” energiya va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalari uchun noyob yer resurslarini qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilish evaziga o‘n milliard yevro sarmoya kiritishga va’da berdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Braziliyaga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tashkilot Lotin Amerikasiga ko‘maklashishini urg‘ulab, bu ko‘proq xususiy investitsiya jalb qilish uchun asos bo‘lishini aytgan.

U Braziliya Ukraina masalasida Bryusselni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi, mamlakatda yuzaga kelgan “energetika va o‘g‘it sohasidagi muammolar”ga YeI sanksiyasi emas, balki Rossiya aybdor ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida fon der Lyayen Braziliyada vodorod yonilg‘isini yanada toza ishlab chiqarishga 2 milliard, tropik o‘rmonlar kesilishiga qarshi kurashish loyihalariga 430 million yevro yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, kelajak to‘g‘risida fikr bildirar ekan, diplomat ushbu ulkan davlat qayta sanoatlashtirishga chorlaydigan savdo hamkorligi hududi, iqtisodiy sohada keng muloqot maydoni bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA