Turkiya va Ozarbayjon joriy yil birgalikda 16 bor harbiy mashg‘ulot tashkil etishga qaror qilgan. Hozirgacha rejadagi mashqlarning oltitasi o‘tdi. Bu haqda Prezident Ilhom Aliyev turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokara yakunida ma’lumot berdi.
“Bugun biz mudofaa tizimidagi istiqbolli rejalar yuzasidan gaplashib oldik, 2023 yil jami 16 ta qo‘shma harbiy mashg‘ulot belgilangani, mashqlarning oltitasi allaqachon o‘tkazilganini mamnuniyat bilan ta’kidladik”, dedi Aliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin Ozarbayjon armiyasi Turkiya modeli bo‘yicha rivojlanyapti.
“Biz buni yaqqol ko‘rib turibmiz”, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Aliyev ta’kidlashicha, Boku va Anqara tashqi siyosat sohasida hamkorlikda ishlab chiqilgan yo‘l bo‘ylab harakatlanishda davom etadi.
“Ozarbayjon – Turkiya birligi mintaqada taraqqiyot, barqarorlik va xavfsizlik uchun juda muhim”, degan Aliyev.
O‘zA