Yangi Konstitutsiyada homilador yoki yosh bolasi bor ayol xodimlarni qattiq himoya qilish belgilangan.
Yangi Konstitutsiyaning 42-moddasi 3-qismida:
– homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi deyilgan.
Bu ish beruvchilar tomonidan qisqartirishlarda homilador yoki bolasi 3 yoshga to‘lmagan ayollarni ishdan bo‘shatish kabi holatlarni oldini olishda xizmat qiladi.
“Yurist tavsiyasi” ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.
Batafsil:
M.Turdaliyeva,
H.Abduvoitov O‘zA