AQSH Prezidenti Jo Bayden NATOning navbatdagi Bosh kotibi Buyuk Britaniya vakili bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.

“Bo‘lishi mumkin, ko‘ramiz”, – dedi u Oq uyda Birlashgan Qirollik hukumati boshlig‘i Rishi Sunak bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida jurnalist bergan savolga javob qaytarar ekan.

Avvalroq OAV NATO Bosh kotibligiga Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles nomzodi ko‘rilayotgani xususida yozgan edi.