Ukrainada kamida ming kilometr masofadagi nishonni ko‘zlaydigan raketa ishlab chiqarishga mablag‘ ham yetarli, imkoniyat ham bor, dedi mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov.
Uning aytishicha, mamlakatda rasman tasdiqlangan raketa dasturiga byudjetdan mablag‘ ajratilmoqda.
Ukrainaning UNN axborot agentligi Reznikovning “Bizda 1 ming kilometr naridagi nishonni uradigan raketalarga ega bo‘lish istiqboli mavjud”, degan so‘zlarini keltirgan.