AQSH va Buyuk Britaniya dunyo atom energetikasi bozorida Rossiyaga qarshi turish uchun yangi iqtisodiy sheriklik bitimini tuzdi, deyiladi Oq uy tarqatgan bayonotda.
– Birlashgan Qirollik va Qo‘shma Shtatlar fuqarolik tizimi bo‘yicha yangi atom hamkorligini yo‘lga qo‘yadi, – deyiladi iqtisodiy sheriklik bo‘yicha ikki tomonlama imzolangan hujjatda. – Maqsad o‘ta muhim toza energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda global fuqarolik atom bozorida Rossiya mavqeiga qarshi turish.