Sochi shahrida MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro darajadagi nufuzli yig‘inda O‘zbekiston delegatsiyasi orasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham ishtirok etmoqda.

Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasidagi yig‘inda “Sirius” fan va san’at bog‘ida “Yevroosiyo – bizning uyimiz” ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan. Ushbu  ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli loyihalarni namoyish etishdir.

Sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat kompleksi, energetika, sog‘liqni saqlash, transport va logistika, moliya va o‘zaro hisob-kitoblar, turizm, sport, ta’lim va yoshlar siyosati — ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi.

O‘zA