Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Tamara Duysenovani Bosh vazir o‘rinbosari – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri etib tayinladi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

58 yoshli Duysenova hozirgacha faqat ushbu vazirlikni boshqarib kelayotgan edi. Avval bir necha yil davomida u Prezident yordamchisi – davlat rahbari ma’muriyatining arizalarni ko‘rib chiqish monitoringi bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. “Mehnat resurslarini rivojlantirish markazi” hissadorlik jamiyati rahbari bo‘lgan.

Kecha Toqayev Oltoy Kulginovni Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod qilgan edi.

 

O‘zA