Joriy yilning 13-14 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlarining VII yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdan iborat. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi, Xalqaro Turkiy akademiyasi prezidenti maslahatchisi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
N.Usmonova, O‘zA.