Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Har bir inson mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega. Ish va kasbiy faoliyatda kamsitish taqiqlanadi.
Ish va (yoki) kasb sohasida kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitish haqida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Kamsitilgan shaxsning kamsitishni bartaraf etish, buzilgan huquqini tiklash va unga moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volari qondirilishi kerak. Kamsitilgan shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal yetiladi, kamsituvchi xususiyatga ega harakatlarda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
“Yurist tavsiyasi” ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.
Batafsil:
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA