FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Qilichbozlik majmui”da 2008 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha U-15 musobaqasi boshlandi.

Musobaqaning bosh maqsadi mamlakatimiz hududlarida qilichbozlik sportini ommalashtirish va targ‘ib qilishdan iborat. Ta’kidlash joiz, bu kabi musobaqalar orqali  O‘zbekiston milliy terma jamoasi zaxirasi uchun sportchilar saralab olinmoqda.

Sablya yo‘nalishining yakkalik bahslarida Karina Qurbonova, Shahzoda Abdullajonova, Sevara G‘aniyeva, Juldusxon Daryabayeva, Azim Shokirov, Artur Bekjonov, Saidrahim Aliyev, Ivan Dubinin kabi yosh sportchilar g‘oliblik shohsupasidan o‘rin egalladilar.

Ertaga, 9 iyun kuni sablya yo‘nalishining jamoaviy bahslari bo‘lib o‘tadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA