“Amerika ovozi” tarqatgan xabarga ko‘ra, Kaliforniya shtatida yong‘inga qarshi kurashda foydalanish uchun echkilarga talab ortmoqda.
Nashr yozishicha, echki uy atrofidagi qurigan maysa, o‘simliklarni yeydi. Qolaversa, bu jonivorni texnika, transport vositasi chiqa olmaydigan tog‘li joylarda boqish ham yong‘inning oldini olishda qo‘l keladi.
Echkilarni yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan Oregon, Vashington va Kaliforniya shatatlarida ijaraga olish mumkin.
Kaliforniya hukumati echkidan shu maqsadda foydalangan fermerlarning jonivorlarni boqishga sarflagan mablag‘ini qisman qoplamoqda.
O‘tgan yil sentyabrda Shimoliy Kaliforniyada ikki marta yirik o‘rmon yong‘ini yuz bergan. O‘shanda mahalliy aholini ommaviy ravishda ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan.