So‘nggi yillarda O‘zbekistonning arab mamlakatlari bilan munosabatlari sezilarli darajada faollashdi. Ushbu yo‘nalish mamlakatimiz tashqi siyosatida ham yangi sahifa sifatida baholanmoqda. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad bin Xalifa Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi va bu Qatar rahbarining O‘zbekistonga ilk bor tashrifi. Shu bois ushbu sammit haqli ravishda O‘zbekiston-Qatar munosabatlarida tarixiy bosqichga aylanishi shubhasiz.
“Xalqaro sharh” loyihasining bu galgi sonida Qatarning Doha shahrida nashr etiladigan “The Peninsula” gazetasining maxsus muxbiri Anisha Bijukumar bilan O‘zbekiston va Qatar munosabatlarining muhim istiqbollari haqida suhbatlashamiz.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA