Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 iyunidan soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash ishga tushirildi.

Endilikda qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan, ruxsati bo‘lmagan holda yoki sifatsiz alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat qilish mumkin.

Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha murojaat yo‘llagan shaxs xabardor qilinadi va tasdig‘ini topgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMning 5 baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.

 

Sh.Mamaturopova, O‘zA